User, JavaScript va Brauzer
Bu darsda bu 3 tomonni muloqotini ta'minlab beradigan vositalarni o'rganamiz.
Kirish
JavaScriptni brauzerlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ko'p turdagi funksiyalarning davomiy ishlashi uchun bizning tasdiqlashimiz yoki biror amalni bekor qilishi talab qilinadi. Bugun alert
, prompt
va confirm
funksiyalari haqida gaplashamiz.
❗User = sayt foydalanuvchisi.
alert
alert
- o'zbek tilida "ogohlantirish" ma'nosini beradi. Quyidagi gif sizga aniqroq tasvirlab beradi deb o'ylayman.
Bu funksiya o'ziga biriktirilgan xabarni userga ko'rsatadi va "OK" tugmasini bosishini kutadi. Bosmagunicha, user boshqa biror funksiya ustida ishlolmaydi.
alert("Salom!");
prompt
prompt
- "taklif" yoki "ishora" degan ma'nolarni beradi. U 2 ta argument qabul qiladi:
const ask = prompt(title,[defaultValue]);
prompt
userga modal oyna ichida, biz ta'minlagan title
ni ko'rsatadi, hamda majburiy bo'lmagan defaultValue
lardan foydalanadi. User bu funksiyani OK
, Cancel
yoki klaviaturadagi Esc
tugmasidan foydalanib tamomlashi mumkin.
let name = prompt('Ismingiz nima?');
alert(`Salom ${name}!`);
defaultValue
ni bersakchi, brauzerdan qanday javob olamiz?
let name = prompt('Ismingiz nima?', 'Anna');
alert(`Salom ${name}!`);
confirm
confirm
- "tasdiqlash" deb tarjima qilinadi. Tahmin qilganingizdek, u userdan biror savoliga javob olishni xohlaydi. prompt
kabi modal oynada biror matnni ko'rsatadi va 2 xil tugmalar bilan ta'minlangan: OK
va Cancel
.
OK bosilganda true
qiymat, Cancel'da esa false
qiymat qaytaradi.
let question = confirm("Siz yaxshi dasturchimisiz?");
alert(question); // savolga vijdonan javob bering.
Xulosa
Biz 3 xil funksiyalarni ko'rib chiqdik. Ular hammasi modal oyna ko'rinishida ishlaydi va userdan javob olmagunicha yopilmaydi yoki ishlashdan to'xtamaydi. Bu vaqt oralig'ida user ham bulardan boshqa biror amal bajarolmaydi.
alert
- berilgan xabarni ko'rsatadi. Faqat OK tugmasi bilan ishlaydi.prompt
- userdan biror savol so'raydi va javob uchun "input" ya'ni javob kiritish uchun joy bilan ham ta'minlaydi.confirm
- berilgan savol yoki xabarni ko'rsatadi. Userni esa buni tasdiqlashni yoki bekor qilishini kutadi. 2xil qiymat qaytaradi:true
vafalse
. Amaliyotni boshqarish uchun 3 xil tugmalar bor:OK
,Cancel
vaEsc
.
Vaqtingiz va o'qiganingiz uchun rahmat. Post sizga foydali bo'ladi degan umiddaman.
Agar darsliklar sizga yoqayotgan bo'lsa, bizni kuzatib borishingiz mumkin: