Master JavaScript: Boshlovchilar uchun to'liq Javascript kursi.

Master JavaScript: Boshlovchilar uchun to'liq Javascript kursi.

Abdullah Hasan's Blog's photo
Abdullah Hasan's Blog
·Mar 16, 2021·

3 min read

Subscribe to my newsletter and never miss my upcoming articles

Hozirgi kunda web texnologiyalari IT sohasidagi shiddat bilan rivojlanayotgan sohalar sirasiga kiradi. Va qaysidir ma’noda, kompyuter dasturlarini ortda qoldirdi va bunda davom etyapti. Bo’sh ish o’rinlarining asosiy o’rni ham web dasturchilarga to’g’ri kelmoqda.

Xo’sh sababi nima? 🤷‍♂️

Bularning katta qismini JavaScript o’z bo’yniga oladi. Bu tilni bilmagan yoki qiziqmagan dasturchi “jinoyat” qilgan bo’ladi yoki u Yerdan emas. Sababiki, bu til bilan web saytdan tortib Suniy Aql (AI) gacha foydalanib dasturlar qursa bo’ladi. Android, IOS dan tortib XBox gacha, xullas “cross-platform” til. Ya’ni, siz bir tilda kod yozasiz, va shu kod siz va biz foydalanib yuradigan har qanday elektron qurilmaga tushaveradi.

Zo’r-a? 🔥

Shularni hisobga olib, JavaScipt bo’yicha to’liq o’zbek tilida, noldan boshlab darsliklar seriyasini yaratishga qaror qildim. Bu kurs davomida siz JavaScript (JS) haqida nimani bilishingiz kerak bo’lsa, hamma narsa haqida to’liq ma’lumot olasiz.

Kurs ikki qismda iborat:

👉 Birinchi qism:

JS-da xali umuman koz yozmagandan tortib uni takrorlovchilar uchun umumiy mavzulashtirilgan video dasrsliklar. Unda siz har bir mavzu bo’yichan nafaqat ma’lumot olasiz balki o’sha yerning o’zida qisqa amaliyotdagi qo’llanishlar haqida tasavvurga ega bo’lasiz.

👉Ikkinchi qism:

“JavaScript bilan 10ta Loyiha Yarat” deb nomlanadi. Kursning ikkinchi qismida nisbatan nazariyadan amaliyotga o’tiladi. Ishonamanki, bu sizlar uchun qiziqroq va sinovlarga boy bo’ladi. Ikkinchi qism haqida batafsilroq, birinchi qismni eson-omon tugatib olganimizdan so’ng, Xudo xohlasa gaplashamiz.

Foydalaniladigan instrumentlar:

  1. VS Code

VS Code - shu kunlardagi eng ommabop, yengil, tez ishlovchi, va web dasturlashda qulayroq bo’lgan code editor. Albatta, har kim o’ziga qulay bo’lgan code edtirolardan foydalansa bo’ladi, buning farqi yo’q.

2. Google Chrome

🔺 Dasrlar YouTube-da berib boriladi. Youtube kanali haqida kurs boshlanganda ma’lumot beriladi, Xudo xohlasa.

☘ Kurs haqida do’stlaringizga bildiring, ularni ham kusdan bilim va manfaat olishlariga sababchi bo’ling.

Bizning manzillarimiz: 👇

👉[Telegram]: (t.me/devlabuz)

👉 [YouTube]: (youtube.com/channel/UCTez9BrKDCRXT29DB7n9mzQ)

👉 [Twitter]: (twitter.com/devlabuz)

 
Share this