JavaScript: Ma'lumot Turining O'zgarishi

JavaScript: Ma'lumot Turining O'zgarishi

Dasturchi ehtiyojiga qarab o'zgaruvchining ma'lumot turini o'zgartirishi mumkin. Buning 2 yo'li bor. Bu darsda 1-chi yo'lini o'rganamiz.

Kirish

JavaScriptda o'zgaruvchining ma'lumot turini o'zgartirish 2 xil usulda amalga oshadi: implicit va explicit.

Implicit - o'zbek tilida "yashirin" degan ma'noni beradi. Bu holatda, JavaScript avtomatik tarzda ma'lumot turini o'zgartiadi.

Explicit - "oydin", "aniq" yoki "ravshan" . Bu holatda esa, dasturchi o'zi biror o'zgaruvchini ma'lumot turini JavaScriptning o'zida o'rnatilgan (tarkibiga kiruvchi) metodlar yordamida o'zgartiradi. Ma'lumot turini "aniq" holda o'zgartirish ko'pincha biror serverga so'rov yuborish yoki qabul qilingan ma'lumotlarni talab qilingan holda ishlatish uchun qo'llaniladi.

Bu darsda biz Explicit turi haqida gaplashamiz.

Numeric Conversion

Numeric conversion - biror ma'lumot turini son turiga aylantirish. Number() metodidan foydalangan holda, biz string yoki boolean turlarini osongina number turiga o'zgartirishimiz mumkin:

const str = "45";
console.log(typeof str); // string

const num = Number(str);
console.log(typeof num); // number

typeof operatori uchun ma'lumot bu yerda.

O'zgaruchi faqatgina sonlardan tashkil topmasligi, natijani NaN bo'lishiga sabab bo'ladi:

const text = "132ABC";
const convertToNumber = Number(text);

console.log(convertToNumber); // NaN
--
console.log(Number(undefined)); // NaN
console.log(Number(NaN)); // NaN

Boolean turlari bilan qo'llanishida ham ma'lum qoidalar bor. Kompyuter ilmlarida (computer science) true ma'lumot turi to'g'ri qiymatni beradi va bu 1 soni bilan belgilangan. false esa aksincha nol. Masalan:

let isTrue = true;
let convert = Number(isTrue);

console.log(convert); // 1
console.log(typeof convert); // number
let isFalse = false;
let convert = Number(isFalse);

console.log(convert); // 0
console.log(typeof convert); // number

Bo'sh string yoki null qiymatlar esa 0 qaytaradi. Masalan:

let nullValue = null;
let convert = Number(nullValue);

console.log(convert); // 0
let emptyStr = ' ';
let convert = Number(emptyStr);

console.log(convert); // 0

Number() dan tashqari, biz parseInt(), parseFloat(), Math.floor() yoki + larni ham ishlatsak bo'ladi. Ular qaytargan qiymatiga qarab, funksiyasi haqida osongina tanishib olsangiz bo'ladi.

  • parseInt( ) - faqat butun son qaytaradi.

  • parseFloat( ) - agar sonimiz ratsional son bo'lsa, parseFloat( ) xuddi shu sonni o'zini qaytaradi, aks holda butun son.

  • + - bu belgi yuqoridagi metodlarning qisqa shakli

  • Math.floor() - bu metod sonni yaxlitlaydi va o'zidan kichik yoki unga teng eng katta butun sonni qaytaradi.

let number = '45.6';
console.log(parseInt(number)); // 45 

console.log(parseFloat(number)); // 45,6

console.log(+result); // 45.6

console.log(Math.floor(number)); // 45

String Conversion

O'zgaruvchini songa aylantirishda Number( ) dan foydalanganimizdek, string da ham String( ) dan foydalanamiz.

const value = true;
console.log(typeof value); // boolean

const newValue = String(value);
console.log(typeof newValue); // string

Stringlarda natijani tahmin qilish qiyin emas. String( ) har qanday qiymatni shunchaki "matn"ga aylantiradi qo'yadi. Masalan:

console.log(String(465)); // "465"

console.log(String(2 + 4)); // "6"

console.log(String(null)); // "null"

console.log(String(undefined)); // "undefined"

console.log(String(NaN)); // "NaN"

console.log(String(true)); // "true"

console.log(String(false)); // "false"

⚠️ String bilan toString( ) metodi ham bor. U bilan keyingi darslarimizda atroflicha o'zganamiz.

Boolean Conversion

Boolean turi bularni ichida eng soddasi. Tahmin qilganingizdek, o'zgaruvchini boolean turiga aylantirish uchun Boolean( ) dan foydalanish kifoya. Faqatgina bir qoida bor:

  • undefined, null, 0, NaN, '' - false qiymatga;

  • Boshqa o'zgaruvchilar true qiymatiga ega bo'ladi;

console.log(Boolean(1)); // true
console.log(Boolean(0)); // false

console.log(Boolean("Salom!")); // true
console.log(Boolean("")); // false
console.log(Boolean(" ")); // true | ❗ e'tibor bering, qo'shtirnoqlar orasida joy bor

console.log(Boolean(null)); // false

console.log(Boolean(undefined)); // false

console.log(Boolean(NaN)); // false

Xulosa

  • Numeric Conversion - matematik amallarda Number( ) yordamida qo'llaniladi. Bu holatda, qisqacha qoida quyidagicha:

    Avval

    Keyin

    undefined

    NaN

    null

    0

    true & false

    1 & 0

    string

    " " ichidagi o'zgaruvchi "son" bo'lmasa, NaN javobini olamiz. Bo'sh stringlar esa 0 qiymatiga aylanadi

  • String Conversion - biror o'zgaruvchini string turiga o'tkazmoqchi bo'lsak String( ) metodidan foydalanamiz. Har qanday o'zgaruvchini shunchaki "matn" shaklini qaytaradi

  • Boolean Conversion - mantiqiy amallarda ishlatiladi. Metodi Boolean( ) .

E'tiboringiz uchun rahmat. Sizga foydali bo'ladi degan umiddaman.

Agar darsliklar sizga yoqayotgan bo'lsa, bizni kuzatib borishingiz mumkin: