Photo by Claudio Schwarz on Unsplash
JavaScript: Asosiy operatorlar va matematik amallar | 1-Qism
Bu darslarda birlamchi operatorlar va faqatgina JavaScriptga oid amallarni o'rganamiz.
Kirish
Maktab darsliklaridan bilamizki, matematikada qo'shuv +
, ayiruv -
, ko'paytiruv *
, bo'luv /
va hokazo ammallar mavjud. Postda bu amallar JavaScriptda qo'llanishi va ularning foydalari haqida gaplashamiz.
Bu darsimizni JavaScript: Ma'lumot Turining O'zgarishi ning davomi sifatida ham ko'rishingiz mumkin.
Matematika
JavaScriptda quyidagi amallar ishlatiladi:
Qo'shuv
+
Ayiruv
-
Ko'paytiruv
*
Bo'luv
/
Qoldiq
%
Daraja
**
%
va **
lardan tashqari matematik amallar hammamizga tanish. Keling, bizga biroz notanish bo'lgan amallar haqida gaplashamiz.
Qoldiq %
%
- ingliz tilida '"remainder". Ikki sonni bo'lingandagi qoldig'ini topishda qo'llaniladi. Masalan, a % b
ni biz, a
sonini b
soniga bo'lgandagi qoldig'i deb o'qiymiz.
Masalan:
console.log(7 % 2); // 1
console.log(9 % 3); // 0
console.log(5 % 2); // 1
Daraja **
**
operatori yoki ingliz tilida "exponentiation". Biror sonni darajaga oshirish uchun ishlatiladi. Masalan, a ** b
birikmasida, biz a
sonini b
darajaga oshiramiz.
Masalan:
console.log(3 ** 2); // 9; 3 ning kvadrati
console.log(4 ** 3); // 64; 4 ning kubi
console.log(5 ** 4); // 625; 5 ning 4 darajasi
Undan tashqari, biz **
dan sonning ildizni (√) topish uchun ham foydalansak bo'ladi. Masalan:
console.log(4 ** (1/2)); // 2; 4 ning kvadrat ildizi
console.log(27 ** (1/3)); // 3; 27 ning kub ildizi
Stringlarni + yordamida birlashtirish
Yuqorida keltirilgan matematik amallarning JavaScriptda boshqa ta'sirlari ham bor. Ular matematika kitoblarida o'tilmaydi.
Masalan, ikkita string
ni birlashtirmoqchi bo'lsak, biz odatda +
operatoridan foydalanamiz.
Masalan:
console.log("JavaScriptni" + " " + "o'rgan!"); // JavaScriptni o'rgan!
Undan tashqari, string
lar +
operatori qo'llanilgan hollarda boshqa ma'lumot turlaridan ustunlikka ega ya'ni string
bo'lmagan ma'lumot turlari ham avtomatik tarzda string
ga o'zgatiriladi. Buni biz implicit conversion deb ataymiz.
console.log("1" + 2); // "12"
console.log(2 + "1"); // "21"
Yoki:
console.log(3 + 4 + "5"); // "75"; "345" emas
console.log("2" + 7 + 9); // "279"; "216" emas
Keling, yuqoridagi ikki holatni birma-bir ko'rib chiqamiz.
Birinchi holat:
console.log(3 + 4 + "5");
JavaScriptda barcha amallar chap tararfdan amalga oshiriladi. Bu holatda, 3 + 4
birikmasi faqat number
ma'lumot turidan tashkil topgan, va shu sabab +
operatori bu ikki sonning yig'indisini qaytaradi ya'ni 7. Endi birikma:
console.log(7 + "5");
holatiga keldi. Yuqorida aytganimizdek, string
lar +
operatori ishlatilgan joyda ustunlikka ega va natijada bizda "75" hosil bo'ladi.
Ikkinchi holat:
console.log("2" + 7 + 9);
Bu holat yuqoridagi misolni teskarisi desak ham bo'ladi. "2" + 7
birikmasida string
va number
ma'lumot turlaridan foydalanilgan. Natijada bizda quyidagi holat vujudga keladi:
console.log("27" + 9);
Endi, qoidaga asosan, "27" + 9
birikmasi ham to'liq string
ma'lumot turiga o'giriladi. Ya'ni "279"
❗Shuni aytib o'tishim kerakki, string
ma'lumot turlari faqatgina +
operatori doirasida shunday ustunlikka ega. Qolgan matematik amallar faqat number
lar bilan ishlaydi va boshqa ma'lumot turlarini ham number
ga o'giradi.
Masalan:
console.log(9 - "5"); // 4; "5" number'ga o'giriladi
console.log(3 * "7"); // 21;
console.log(36 / "6"); // 6;
+ yordamida raqamli o'girish
Biz bu mavzuga qisqacha to'xtalgan edik. +
operatori number
turidagi ma'lumot turlariga ta'sir qilmaydi ya'ni ularnin qiymati yo turini o'zgartirmaydi. Lekin, ma'lumot turi number
bo'lmasa, +
turi o'sha ma'lumot turini number
ga o'giradi.
Masalan:
const num = 5;
console.log(+num); // 5; ta'sir yo'q
const num2 = -8;
console.log(+num2); // -8
//❗ Lekin:
const isTrue = true;
console.log(+isTrue); // 1
Ya'ni, bu holda +
operatori Number( )
metodi qilgan funksiyani bajaradi, ammo qisqaroq formada.
Yana bir misol:
const olma = "5";
const anor = "2"
console.log(olma + anor); // "52"
Keling, olma
va anor
o'zgaruvchilarini +
operatori yordamida o'zgartiramiz:
const olma = "5";
const anor = "2"
console.log(+olma + +anor); // 7
Xulosa
Bu darsda asosan matematik amallar va ularni JavaScriptda qo'llash haqida gaplashdik.
JavaScriptda quyidagi matematik amallar qo'llaniladi:
Qo'shuv
+
Ayiruv
-
Ko'paytiruv
*
Bo'luv
/
Qoldiq
%
Daraja
**
Qoldiq
%
- "remainder", ikki soning o'zaro bo'lingandagi qoldig'ini aniqlaydi. Masalan:console.log(15 % 4); // 3
Daraja
**
- "exponentiation", sonni ma'lum darajasini aniqlashda ishlatiladi.a ** b
birikmasida, biza
soninib
darajaga oshiramiz.Masalan:
console.log(5 ** 2); // 25; 5 ning kvadrati
Stringlarni + yordamida birlashtirish -
string
o'zgaruvchilarini o'zaro birlashtirmoqchi bo'lsak, biz odatda+
operatoridan foydalanamiz. Muhim tomoni shuki,string
lar+
operatori qo'llanilgan hollarda boshqa ma'lumot turlaridan ustunlikka ega.Masalan:
console.log("Developer " + " " + "Laboratory!"); // "Developer Laboratory"
console.log("34" + 5); // "345"
console.log(1 + 3 + "16"); // "416"
+ yordamida raqamli o'girish - ma'lumot turi
number
bo'lmasa,+
turi o'sha ma'lumot turininumber
ga o'giradi.Masalan:
const isFalse = false;
console.log(+isFalse); // 0
Darsimizning 2-chi qismini keyingi postimizda davom ettiramiz.
E'tiboringiz uchun rahmat. Sizga foydali bo'ladi degan umiddaman. Sizga maslahatim, pastda "Subscribe to my newsletter" bo'limida email pochtangizni qoldiring va darslarni e'lon qiligandayoq pochtangizga qabul qiling. Chunki darslarni odatda 2-3 kun oralig'ida ijtimoiy tarmoqlarda ulashaman.
Agar darsliklar sizga yoqayotgan bo'lsa, bizni kuzatib borishingiz mumkin: